CCentral Asian Academic Journal

Open scholarly archive

Ochiq ilmiy maqolalar

Har bir maqola alohida HTML sahifa va ochiq PDF manziliga ega. Sarlavha, muallif yoki kalit so'z bo'yicha qidiring.

5

nashr

Falsafa2-sen, 2026

RAQAMLI DAVRDA AXLOQIY PARADIGMANING O‘ZGARISHI: AL-FAROBIY MEROSINING AKSIOLOGIK TALQINI

Gulchehra G‘affarova

Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida insoniyat ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining o‘zgarishi va bu jarayonda Al-Farobiy axloqiy ta’limotining o‘rni tahlil qilinadi. Mutafakkirning «Fozil odamlar shahri» konsepsiyasi zamonaviy «infosfera» va «raqamli jamiyat» kontekstida qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli gumanizmni shakllantirishda Sharq peripatetizmining aksiologik imkoniyatlari ochib berilgan. Ushbu maqolada global raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal kirib kelishi sharoitida insoniyat ma’naviy-axloqiy paradigmasida yuz berayotgan transformatsiyalar tahlil qilinadi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Falsafa28-avg, 2026

ZAMONAVIY JAMIYATDA INSON QADRIYATLARINING O‘ZGARISHI VA UNING FALSAFIY ASOSLARI

Ulug‘bek Jalolov

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda inson qadriyatlarining mazmuni, shakllanish omillari va transformatsiya jarayonlari falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida shakllangan axloqiy, ma’naviy, ijtimoiy va madaniy qadriyatlarning zamonaviy ijtimoiy muhit ta’sirida o‘zgarib borishi tadqiq etiladi. Globallashuv, raqamlashtirish, axborot oqimining jadallashuvi, urbanizatsiya va ijtimoiy munosabatlarning transformatsiyasi insonning qadriyatlar tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgani asoslanadi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Falsafa9-avg, 2026

KLIPLI TAFAKKUR – RAQAMLI AVLODNING KOGNITIV FENOMENI SIFATIDA

Gulchehra G‘affarova

Maqola raqamli davrda fikrlash shakllari va usullarining transformatsiyasi muammosiga bag‘ishlangan. Umumlashgan texnologizatsiya va raqamlashtirish tufayli ko‘plab yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi, biroq ularning bir qismi salbiy oqibatlarga ega. Ular orasida: klipli fikrlashning rivojlanishi, kelib tushayotgan axborotni chuqur tahlil qilishga qodir emaslik, soxta bilimlarning paydo bo‘lishi kabilar mavjud. Maqolada raqamlashtirishning oqibati sifatida «klipli fikrlash» tushunchasining paydo bo‘lish omillari, mohiyati va asosiy mezonlari yoritib berilgan. Shu bilan birga raqamli avlod ongi va fikrlash tarziga xos bo‘lgan «klipli tafakkur» fenomeni gnoseologik va ontologik jihatdan tahlil qilinadi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Falsafa6-avg, 2026

ФАЛСАФИЙ-ИРФОНИЙ ҚАРАШЛАР ТАҲЛИЛИ: ТАСАВВУФ, СЎФИЙ ВА ИЛМ

Лутфилло Караматиллоевич Ахатов

Фалсафий-ирфоний қарашлар моҳияти сўфийлар ҳаёти ва тасаввуфий қарашлар ёрдамида таҳлил қилинган. Тасаввуфнинг ривожланиши сўфийлар ахлоқи қа фалсафий мушоҳада иррационал ёндашув асосида тадбиқ қилинади. Бунда ахлоқий қарашларни англаш учун тасаввуф ва сўфийларга илмий ёндашувлар мисолида қаралди.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Falsafa5-avg, 2026

YOSHLARDA MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING FALSAFIY XUSUSIYATLARI

Sirojjon Nasipqulovich Berdiqulov

Maqolada ma’naviy tahdidlar ularga qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ba’zi masalalarining mohiyati, mazmuni haqidagi ilmiy qarashlar hamda mafkuraviy profilaktikaning o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan.

Ilmiy maqolaKo'rish →