Open scholarly archive
Ochiq ilmiy maqolalar
Har bir maqola alohida HTML sahifa va ochiq PDF manziliga ega. Sarlavha, muallif yoki kalit so'z bo'yicha qidiring.
37
nashr
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING IQTISODIY JARAYONLARGA TA’SIRI
Fazilat Artikova
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi, tadbirkorlik faoliyati, mehnat bozori va iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning iqtisodiy tizimga joriy etilishi natijasida ma’lumotlarni qayta ishlash, prognozlash, qaror qabul qilish, resurslarni taqsimlash va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari kengayib borayotgani asoslanadi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING IJTIMOIY-EMOTSIONAL RIVOJLANISHINI TA’MINLASH METODIKASI
Sarvinoz Karimova
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini ta’minlashning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Ijtimoiy-emotsional rivojlanish bolaning o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarishi, tengdoshlari hamda kattalar bilan samarali munosabat o‘rnatishi, hamkorlik qilishi, boshqalarning hissiy holatini tushunishi va ijtimoiy vaziyatlarga mos ravishda xulq-atvor namoyon etishi bilan bog‘liq yaxlit jarayon sifatida talqin qilinadi.
O‘ZBEK TILIDA ANTONIMIK MUNOSABATLARNING SEMANTIK TABIATI
Go‘zal Ismatillayevna G‘aniyeva
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi antonimik munosabatlarning semantik tabiati, antonim birliklarning leksik-semantik tizimdagi o‘rni va qarama-qarshi ma’nolarning shakllanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Antonimiya tilning leksik-semantik sathida mavjud bo‘lgan muhim paradigmatik munosabatlardan biri sifatida qaralib, uning yuzaga kelishida predmet va hodisalarning qarama-qarshi belgilari, holatlari, harakatlari hamda baholash xususiyatlari asosiy omil sifatida ko‘rsatiladi.
TALABALAR TURAR JOYLARIDA PEDAGOGIK SHAROITLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Xurshid Pardayev
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar joylarini pedagogik jihatdan tashkil etish, talabalarning ta’limiy, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishi uchun zarur pedagogik sharoitlarni yaratish masalalari yoritiladi. Talabalar turar joyining faqat yashash va maishiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi makon emas, balki talabaning mustaqil ta’lim olishi, muloqot qilishi, jamoada ishlashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan ta’limiy muhit sifatidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.
RAQAMLI DAVRDA AXLOQIY PARADIGMANING O‘ZGARISHI: AL-FAROBIY MEROSINING AKSIOLOGIK TALQINI
Gulchehra G‘affarova
Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida insoniyat ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining o‘zgarishi va bu jarayonda Al-Farobiy axloqiy ta’limotining o‘rni tahlil qilinadi. Mutafakkirning «Fozil odamlar shahri» konsepsiyasi zamonaviy «infosfera» va «raqamli jamiyat» kontekstida qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli gumanizmni shakllantirishda Sharq peripatetizmining aksiologik imkoniyatlari ochib berilgan. Ushbu maqolada global raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal kirib kelishi sharoitida insoniyat ma’naviy-axloqiy paradigmasida yuz berayotgan transformatsiyalar tahlil qilinadi.
ADABIYOT TA’LIMIDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH METODIKASI
Sayyora Shavkatbek qizi Matkarimova
Ushbu maqolada adabiyot ta’limida fanlararo integratsiyadan foydalanishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Adabiyot fanining tarix, ona tili, san’at, musiqa, geografiya, informatika va boshqa fanlar bilan uzviy aloqasini ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Fanlararo integratsiyaning o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkuri, tanqidiy fikrlashi, ijodiy qobiliyati va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, badiiy asarlarni o‘rganish jarayonida integrativ yondashuv asosida foydalanish mumkin bo‘lgan metod va topshiriqlar tavsiya etilgan.
TIBBIY TA’LIM JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Eldor Axtamov
Ushbu maqolada tibbiy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tibbiyot sohasida mutaxassis tayyorlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim mazmuni va metodlariga ta’siri yoritiladi. Sun’iy intellekt asosidagi individual ta’lim, adaptiv o‘qitish, virtual klinik vaziyatlarni modellashtirish, avtomatlashtirilgan teskari aloqa, bilimlarni baholash hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari tahlil qilinadi.
ADABIY ASARDA RAMZ VA TIMSOLLARNING BADIIY VAZIFASI
Raxmatilla Eshpulatovich Norbekov
Mazkur maqolada adabiy asarda ramz va timsollarning shakllanishi, mazmun-mohiyati hamda badiiy-estetik vazifalari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ramz va timsol tushunchalarining o‘zaro munosabati, ularning badiiy tafakkur, muallif pozitsiyasi va asarning g‘oyaviy mazmunini ifodalashdagi ahamiyati yoritiladi. Badiiy adabiyotda ramziy obrazlar orqali bevosita ifodalash qiyin bo‘lgan falsafiy, axloqiy, ijtimoiy va ruhiy mazmunlarning obrazli tarzda ifodalanishi ko‘rsatib beriladi.
ZAMONAVIY JAMIYATDA INSON QADRIYATLARINING O‘ZGARISHI VA UNING FALSAFIY ASOSLARI
Ulug‘bek Jalolov
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda inson qadriyatlarining mazmuni, shakllanish omillari va transformatsiya jarayonlari falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida shakllangan axloqiy, ma’naviy, ijtimoiy va madaniy qadriyatlarning zamonaviy ijtimoiy muhit ta’sirida o‘zgarib borishi tadqiq etiladi. Globallashuv, raqamlashtirish, axborot oqimining jadallashuvi, urbanizatsiya va ijtimoiy munosabatlarning transformatsiyasi insonning qadriyatlar tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgani asoslanadi.
SIVILIZATSIYALARARO ALOQALARNING JAHON TARIXIDAGI O‘RNI
Jahongir Yursinboyev
Ushbu maqolada sivilizatsiyalararo aloqalarning jahon tarixiy taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tarixiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy va diniy aloqalarning jamiyatlar taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi. Qadimgi davrdan boshlab Sharq va G‘arb o‘rtasida shakllangan savdo yo‘llari, madaniy almashinuvlar, ilmiy bilimlarning tarqalishi hamda diniy g‘oyalarning hududlararo harakati jahon tarixining o‘zaro bog‘liq jarayon sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lgani asoslanadi.
SUN’IY INTELLEKTNING MEHNAT BOZORI TRANSFORMATSIYASIGA TA’SIRI: IQTISODIY-NAZARIY YONDASHUVLAR
Fazilat Panjiyevna Artikova
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat bozori transformatsiyasiga ta’siri iqtisodiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida mehnat mazmuni, kasbiy kompetensiyalar, bandlik shakllari va ishchi kuchiga bo‘lgan talab tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada texnologik ishsizlik, mehnat unumdorligi, inson kapitali, mehnatni avtomatlashtirish va yangi kasblarning shakllanishi kabi iqtisodiy kategoriyalarning sun’iy intellekt rivoji bilan bog‘liqligi ochib beriladi.
АЗАМАТТЫҚ БІРЕГЕЙЛІКТІ ЖӘНЕ ЖЕКЕ ТҰЛҒАНЫҢ ПАТРИОТТЫҚ ҚҰНДЫЛЫҚТАРЫН ҚАЛЫПТАСТЫРУ: МӘСЕЛЕЛЕРІ ЖӘНЕ ТӘЖІРИБЕ
А.С.Даулетова, Ә.Кеңесбек
Мақалада азаматтық бірегейлікті қалыптастыру және жеке тұлғаның патриоттық құндылықтарын дамыту мәселелері қарастырылады. Зерттеудің басты мақсаты – заманауи білім беру жүйесінде патриотизм мен азаматтық сананы тиімді қалыптастыру жолдарын анықтау. Теориялық бөлімде азаматтық бірегейлік пен патриоттық құндылықтардың педагогикалық, психологиялық және мәдени аспектілері талданады. Тәжірибелік бөлімде мектептер мен университеттерде патриоттық тәрбие әдістері, соның ішінде интерактив сабақтар, жобалық тәсілдер және волонтерлік жобалар зерттеледі. Мақалада алынған нәтижелер негізінде патриотизм мен азаматтық сана қалыптастырудағы тиімді әдістер ұсынылады. Зерттеу жастардың ұлттық құндылықтарды түсінуі мен қоғамдағы әлеуметтік жауапкершілігін арттыруға бағытталған.