CCentral Asian Academic Journal

Open scholarly archive

Ochiq ilmiy maqolalar

Har bir maqola alohida HTML sahifa va ochiq PDF manziliga ega. Sarlavha, muallif yoki kalit so'z bo'yicha qidiring.

3

nashr

Psixologiya18-avg, 2026

KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARDA O‘QUV MOTIVATSIYASI VA IJTIMOIY-KOMMUNIKATIV FAOLLIKNI INDIVIDUAL PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

Oybek Alisher o‘g‘li Abdullayev

Maqolada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi, ijtimoiy faolligi va kommunikativ faolligini individual pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash asosida rivojlantirishning psixologik mexanizmlari va tajriba-sinov natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekistonning Toshkent shahri, Sirdaryo va Andijon hududlaridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 151 nafar o‘quvchini qamrab oldi; ulardan 79 nafari tajriba, 72 nafari nazorat guruhiga kiritildi. Diagnostikada o‘quv motivatsiyasi, ijtimoiy faollik hamda kommunikativ faollik integral mezonlar sifatida baholandi. Individual rivojlanish xaritasi, adaptiv o‘quv topshiriqlari, psixologik rag‘batlantirish, refleksiv suhbat, ijtimoiy-kommunikativ mashqlar va mutaxassislararo hamkorlikka tayangan qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi tajriba guruhida qo‘llandi. Natijalar tajriba guruhida o‘qish motivatsiyasi 74,3 foiz, ijtimoiy faollik 72,7 foiz, kommunikativ faollik 72,7 foizni tashkil

Ilmiy maqolaKo'rish →
Psixologiya16-avg, 2026

TALABALARDA TOLERANTLIK NAMOYON BO‘LISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Sh.S.Abdusamatova

Talabalarda tolerantlikning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish ko‘plab ijtimoiy, psixologik va pedagogik jihatlarni o‘z ichiga oladi. Tolerantlik, odatda, boshqalarni hurmat qilish, ularning fikr va qadriyatlariga toqat qilish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ko‘nikma sifatida qaraladi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Psixologiya4-avg, 2026

SHAXS KONFLIKTOLOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Oybek Gafurovich Xudayberdiyev

Mazkur maqolada shaxs konfliktologik madaniyatini rivojlantirishning psixologik asoslari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi, kommunikativ jarayonlarning jadallashuvi hamda turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning kuchayishi shaxsda konfliktlarni konstruktiv boshqarish kompetensiyasini shakllantirishni dolzarb psixologik muammolardan biriga aylantirmoqda. Tadqiqotning maqsadi shaxs konfliktologik madaniyatining psixologik mazmunini ochib berish, uning tarkibiy komponentlarini aniqlash hamda rivojlantirishning ilmiy asoslangan mexanizmlarini yoritishdan iborat. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida psixologlarni tayyorlash jarayonida, konfliktologik kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini takomillashtirishda, psixologik trening va korreksion dasturlarni ishlab chiqishda hamda amaliy psixologik xizmat faoliyatida foydalanish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Ilmiy maqolaKo'rish →