CCentral Asian Academic Journal

Open scholarly archive

Ochiq ilmiy maqolalar

Har bir maqola alohida HTML sahifa va ochiq PDF manziliga ega. Sarlavha, muallif yoki kalit so'z bo'yicha qidiring.

7

nashr

Filologiya4-sen, 2026

O‘ZBEK TILIDA ANTONIMIK MUNOSABATLARNING SEMANTIK TABIATI

Go‘zal Ismatillayevna G‘aniyeva

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi antonimik munosabatlarning semantik tabiati, antonim birliklarning leksik-semantik tizimdagi o‘rni va qarama-qarshi ma’nolarning shakllanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Antonimiya tilning leksik-semantik sathida mavjud bo‘lgan muhim paradigmatik munosabatlardan biri sifatida qaralib, uning yuzaga kelishida predmet va hodisalarning qarama-qarshi belgilari, holatlari, harakatlari hamda baholash xususiyatlari asosiy omil sifatida ko‘rsatiladi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Filologiya29-avg, 2026

ADABIY ASARDA RAMZ VA TIMSOLLARNING BADIIY VAZIFASI

Raxmatilla Eshpulatovich Norbekov

Mazkur maqolada adabiy asarda ramz va timsollarning shakllanishi, mazmun-mohiyati hamda badiiy-estetik vazifalari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ramz va timsol tushunchalarining o‘zaro munosabati, ularning badiiy tafakkur, muallif pozitsiyasi va asarning g‘oyaviy mazmunini ifodalashdagi ahamiyati yoritiladi. Badiiy adabiyotda ramziy obrazlar orqali bevosita ifodalash qiyin bo‘lgan falsafiy, axloqiy, ijtimoiy va ruhiy mazmunlarning obrazli tarzda ifodalanishi ko‘rsatib beriladi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Filologiya18-avg, 2026

RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYALARINING QIYOSIY TAHLILI

Barno Tajimovna Badalova

Mazkur maqolada rus va o‘zbek tillaridagi kelishik kategoriyasi qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki tildagi kelishik shakllarining morfologik qurilishi, grammatik-semantik mazmuni, sintaktik vazifalari hamda funksional imkoniyatlaridagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlashdan iborat. Rus tilining flektiv, o‘zbek tilining agglutinativ xususiyati kelishik kategoriyasining shakllanish va qo‘llanish mexanizmlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslangan. Rus tilidagi именительный, родительный, дательный, винительный, творительный va предложный падеж shakllari o‘zbek tilidagi bosh, qaratqich, jo‘nalish, tushum, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari bilan funksional jihatdan qiyoslangan. Tahlil jarayonida formal jihatdan bir-biriga muvofiq ko‘rinadigan kelishik shakllari semantik va sintaktik jihatdan har doim ham to‘liq ekvivalent bo‘lmasligi aniqlangan. Ayniqsa, rus tilida kelishik ma’nolarining ko‘makchilar bilan birikkan holda ifodalanishi, o‘z

Ilmiy maqolaKo'rish →
Filologiya16-avg, 2026

O‘ZBEK NUTQI VA MILLIY MULOQOT MADANIYATIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Firuza Jalolovna Murodova

Mazkur maqolada o‘zbek nutqiy muloqotida qo‘llaniladigan paralingvistik vositalar – imo-ishora, mimika, ovoz ohangi, pauza, nigoh va boshqa noverbal vositalarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Til va nutqning nafaqat verbal, balki noverbal komponentlari ham milliy-madaniy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi muhim vosita ekanligi asoslanadi. Maqolada paralingvistik vositalarning o‘zbek xalqi mentaliteti, urf-odatlari, ijtimoiy-madaniy qadriyatlari bilan bog‘liqligi, ularning muloqot jarayonida bajaradigan funksiyalari (ma’noni kuchaytirish, his-tuyg‘uni ifodalash, nutqiy vaziyatni to‘ldirish va h.k.) ochib beriladi. Tadqiqot jarayonida o‘zbek so‘zlashuv nutqi va badiiy matnlardan olingan misollar lingvokulturologik va pragmalingvistik tahlil usullari orqali o‘rganildi. Maqola natijalari o‘zbek tilshunosligi, lingvokulturologiya sohalarida amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Filologiya10-avg, 2026

ҚАЗАҚ ТІЛІНДЕГІ СӨЗ ТІРКЕСТЕРІН ТАЛДАУ МӘСЕЛЕЛЕРІ

Усербай Алимханович Байкабилов

Бұл мақалада қазақ тіл біліміндегі сөз тіркесі мәселесі, оның синтаксистік табиғаты, құрылымдық ерекшеліктері мен талдау жолдары қарастырылады. Сөз тіркесінің сөйлемдегі қызметі, байланысу тәсілдері, түрлері және қазіргі тіл біліміндегі зерттелу бағыттары сараланады. Сонымен қатар сөз тіркесін оқыту мен талдауда кездесетін негізгі мәселелер ғылыми еңбектер негізінде сипатталып, оларды шешу жолдары ұсынылады.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Filologiya4-avg, 2026

ИНТЕРНЕТ КЕҢІСТІГІНДЕГІ ҚАЗАҚ ТІЛІНІҢ ҚОЛДАНЫСЫ ЖӘНЕ ТІЛДІК НОРМАЛАР

Г.Қ.Жылқыбай, А.Мәрімбай

Мақалада интернет кеңістігіндегі қазақ тілінің қолданысы мен тілдік нормалардың сақталу деңгейі кешенді түрде қарастырылады. Зерттеу әлеуметтік желілер (Instagram, Facebook, YouTube), онлайн энциклопедиялар, жаңалық порталдары мен пікір алаңдарындағы қазақ тіліндегі мәтіндерге жүргізілген лингвистикалық талдауға негізделеді. Интернет-дискурстағы орфографиялық, орфоэпиялық, лексикалық, морфологиялық және стилистикалық ауытқулардың типтері айқындалып, олардың пайда болу себептері коммуникациялық орта ерекшеліктерімен байланыста түсіндіріледі. Алынған нәтижелер цифрлық кеңістікте қазақ тілінің функционалдық ауқымы кеңейіп келе жатқанын, алайда бейресми коммуникацияда әдеби тіл нормаларының тұрақсыздану үрдісі байқалатынын көрсетеді. Зерттеу қорытындылары интернеттегі қазақ тілінің сапасын арттыруға бағытталған тілдік нормалау тетіктерін жетілдірудің ғылыми-әдістемелік негіздерін ұсынуға мүмкіндік береді.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Filologiya2-avg, 2026

O‘ZBEK TILIDA AFFIKSLARNING SISTEMAVIY MUNOSABATLARI

Nursulton Shayxislamov

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi affikslarning sistemaviy munosabatlari struktur-semantik hamda funksional yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi affikslar o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlarni aniqlash, ularning sinonimik, antonimik, omonimik va variantdoshlik xususiyatlarini ilmiy asosda tavsiflashdan iborat. Tadqiqot davomida affikslarning morfologik tizimdagi o‘zaro bog‘liqligi, derivatsion va grammatik funksiyalarining o‘xshash hamda farqli jihatlari, shuningdek, ularning nutqdagi funksional faolligi tahlil qilinadi. Natijalar affikslar o‘rtasidagi sistemaviy munosabatlar o‘zbek tili morfologik tizimining yaxlitligini ta’minlovchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot xulosalari o‘zbek tili morfologiyasi, derivatsion lingvistika va funksional grammatika bo‘yicha olib boriladigan ilmiy izlanishlarni yangi nazariy qarashlar bilan boyitadi [1; 4; 8].

Ilmiy maqolaKo'rish →