CCentral Asian Academic Journal

Open scholarly archive

Ochiq ilmiy maqolalar

Har bir maqola alohida HTML sahifa va ochiq PDF manziliga ega. Sarlavha, muallif yoki kalit so'z bo'yicha qidiring.

17

nashr

Pedagogika5-sen, 2026

MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING IJTIMOIY-EMOTSIONAL RIVOJLANISHINI TA’MINLASH METODIKASI

Sarvinoz Karimova

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini ta’minlashning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Ijtimoiy-emotsional rivojlanish bolaning o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarishi, tengdoshlari hamda kattalar bilan samarali munosabat o‘rnatishi, hamkorlik qilishi, boshqalarning hissiy holatini tushunishi va ijtimoiy vaziyatlarga mos ravishda xulq-atvor namoyon etishi bilan bog‘liq yaxlit jarayon sifatida talqin qilinadi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika3-sen, 2026

TALABALAR TURAR JOYLARIDA PEDAGOGIK SHAROITLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Xurshid Pardayev

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar joylarini pedagogik jihatdan tashkil etish, talabalarning ta’limiy, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishi uchun zarur pedagogik sharoitlarni yaratish masalalari yoritiladi. Talabalar turar joyining faqat yashash va maishiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi makon emas, balki talabaning mustaqil ta’lim olishi, muloqot qilishi, jamoada ishlashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan ta’limiy muhit sifatidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika29-avg, 2026

TIBBIY TA’LIM JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Eldor Axtamov

Ushbu maqolada tibbiy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tibbiyot sohasida mutaxassis tayyorlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim mazmuni va metodlariga ta’siri yoritiladi. Sun’iy intellekt asosidagi individual ta’lim, adaptiv o‘qitish, virtual klinik vaziyatlarni modellashtirish, avtomatlashtirilgan teskari aloqa, bilimlarni baholash hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika29-avg, 2026

ADABIYOT TA’LIMIDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH METODIKASI

Sayyora Shavkatbek qizi Matkarimova

Ushbu maqolada adabiyot ta’limida fanlararo integratsiyadan foydalanishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Adabiyot fanining tarix, ona tili, san’at, musiqa, geografiya, informatika va boshqa fanlar bilan uzviy aloqasini ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Fanlararo integratsiyaning o‘quvchilarning badiiy-estetik tafakkuri, tanqidiy fikrlashi, ijodiy qobiliyati va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, badiiy asarlarni o‘rganish jarayonida integrativ yondashuv asosida foydalanish mumkin bo‘lgan metod va topshiriqlar tavsiya etilgan.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika25-avg, 2026

АЗАМАТТЫҚ БІРЕГЕЙЛІКТІ ЖӘНЕ ЖЕКЕ ТҰЛҒАНЫҢ ПАТРИОТТЫҚ ҚҰНДЫЛЫҚТАРЫН ҚАЛЫПТАСТЫРУ: МӘСЕЛЕЛЕРІ ЖӘНЕ ТӘЖІРИБЕ

А.С.Даулетова, Ә.Кеңесбек

Мақалада азаматтық бірегейлікті қалыптастыру және жеке тұлғаның патриоттық құндылықтарын дамыту мәселелері қарастырылады. Зерттеудің басты мақсаты – заманауи білім беру жүйесінде патриотизм мен азаматтық сананы тиімді қалыптастыру жолдарын анықтау. Теориялық бөлімде азаматтық бірегейлік пен патриоттық құндылықтардың педагогикалық, психологиялық және мәдени аспектілері талданады. Тәжірибелік бөлімде мектептер мен университеттерде патриоттық тәрбие әдістері, соның ішінде интерактив сабақтар, жобалық тәсілдер және волонтерлік жобалар зерттеледі. Мақалада алынған нәтижелер негізінде патриотизм мен азаматтық сана қалыптастырудағы тиімді әдістер ұсынылады. Зерттеу жастардың ұлттық құндылықтарды түсінуі мен қоғамдағы әлеуметтік жауапкершілігін арттыруға бағытталған.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika23-avg, 2026

ЖОҒАРЫ МЕКТЕПТЕ АКАДЕМИЯЛЫҚ ЖАЗЫЛЫМДЫ ОҚЫТУДЫҢ ЗАМАНАУИ ЖАҒДАЙЫ: ӘДІСТЕМЕЛІК ДЕФИЦИТТЕР МЕН ТЕХНОЛОГИЯЛЫҚ АЛШАҚТЫҚТАР

А.С.Даулетова, Ш.А.Усенбаева

Мақалада қазіргі жоғары мектептегі академиялық жазылымды оқытудың өзекті мәселелері, атап айтқанда, әдістемелік дефициттер мен технологиялық алшақтықтар зерттеледі. Зерттеудің мақсаты — Қазақстанның бес жетекші жоғары оқу орнының «Академиялық жазу» пәні бойынша силлабустарына мазмұндық аудит жүргізу арқылы оқу бағдарламаларының цифрлық шындыққа сәйкестігін анықтау. Зерттеу әдіснамасы ретінде TPACK моделіне негізделген «Цифрлық-әдістемелік сәйкестік» матрицасы қолданылып, бағдарламалар цифрлық құралдар, генеративті ЖИ, процестік жазу, библиографиялық менеджерлер және цифрлық этика сияқты бес негізгі индикатор бойынша сарапталды.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika17-avg, 2026

NUTQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA KOMMUNIKATIV TOPSHIRIQLAR TIZIMI

Nursulton Shayxislamov

Mazkur maqolada ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda kommunikativ topshiriqlar tizimining lingvodidaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Nutqiy kompetensiya o‘quvchining til birliklarini bilishi bilangina cheklanmay, ularni turli kommunikativ vaziyatlarda maqsadga muvofiq qo‘llashi, axborotni anglash va qayta ishlashi, fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda izchil ifodalashi, suhbatdosh bilan samarali muloqotga kirishishi va o‘z nutqiy faoliyatini tahlil qila olishini ta’minlovchi integrativ qobiliyat sifatida talqin etiladi. Kommunikativ topshiriqning metodik mohiyati ochib berilib, uning an’anaviy mashqlardan farqli jihatlari aniqlanadi. Shuningdek, kommunikativ topshiriqlarni tizimlashtirishning asosiy mezonlari, ularning nutqiy faoliyat turlari bilan aloqadorligi hamda 8-11-sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada kommunikativ topshiriqlar tizimini kommunikativ vazi

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika17-avg, 2026

TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING AMALIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Go‘zal Ismatillayevna G‘aniyeva

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Texnologiya” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik va metodik asoslari tadqiq etilgan. Texnologik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, uning nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lashdagi imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning mustaqil, ijodiy va texnologik faoliyatini rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyati yoritilgan. Kompetensiyaviy yondashuv asosida “Texnologiya” darslarini tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish, o‘quvchilarning loyihaviy faoliyatini yo‘lga qo‘yish, muammoli vaziyatlar yaratish va fanlararo integratsiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalarini shakllantirishda texnologik jarayonni rejalashtirish, material va vositalarni tanlash, amaliy ishni bajarish, natijani tahlil qilish hamda o‘z faoliyatini baholashning metodik imkoniyatlari asoslangan.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika17-avg, 2026

БЎЛАЖАК ОНА ТИЛИ ЎҚИТУВЧИЛАРИНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ

Д.У.Дуйсабаева

Мақолада бўлажак она тили ўқитувчиларининг лингвомаданий компетентлигини такомиллаштиришнинг илмий-назарий ва педагогик асослари ёритилган. Лингвомаданий компетентлик тил бирликларида ифодаланган миллий-маданий мазмунни англаш, уларни муайян нутқий вазиятга мувофиқ қўллаш, миллий қадриятлар ва маданий меъёрларни идрок этиш ҳамда мазкур билимларни таълим жараёнига татбиқ этиш қобилияти сифатида талқин қилинган. Тадқиқотнинг мақсади бўлажак она тили ўқитувчиларининг лингвомаданий компетентлигини такомиллаштириш механизмларини ишлаб чиқиш ва педагогик жиҳатдан асослашдан иборат. Тадқиқотда тизимли, компетенциявий, лингвомаданий, коммуникатив ва шахсга йўналтирилган ёндашувлардан фойдаланилган. Лингвомаданий компетентликнинг когнитив, мотивацион-қадриятли, лингвомаданий-фаолиятли ва рефлексив компонентлари аниқланган. Уни такомиллаштиришнинг мотивацион-қадриятли, лингвомаданий-таҳлилий, матнга асосланган, коммуникатив-фаолиятли, рефлексив ва рақамли-таълимий механизмлари таклиф этилган. Он

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika13-avg, 2026

DARS JARAYONINING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI: TUSHUNCHANING PEDAGOGIK MOHIYATI VA TARKIBIY TUZILMASI

Baxromjon Jo‘raboyev

Mazkur maqolada dars jarayonining tashkiliy-pedagogik mexanizmlari tushunchasining pedagogik mohiyati, funksional xususiyatlari va tarkibiy tuzilmasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tashkiliy-pedagogik mexanizmning dars jarayonini maqsadli, tizimli, izchil va natijaviy tashkil etishdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, uning tartibga soluvchi, integrativ, moslashuvchan, nazorat-baholash hamda rag‘batlantiruvchi funksiyalari yoritilgan. Dars jarayonining tashkiliy-pedagogik mexanizmi maqsadli, mazmuniy, tashkiliy-texnologik, vosita-resurs, boshqaruv-nazorat va natijaviy-baholovchi komponentlardan tashkil topgan yaxlit pedagogik tizim sifatida asoslangan. Mazkur komponentlarning o‘zaro uzviy aloqadorligi va dinamik xususiyati tahlil qilinib, ularning ta’lim samaradorligini oshirish, pedagogik jarayonni oqilona boshqarish hamda o‘quvchilarning faol ta’limiy faoliyatini ta’minlashdagi amaliy ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika9-avg, 2026

SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARIDA ISHONCHLILIK, ETIK MUAMMOLAR VA XAVFSIZLIK: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA RISKLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI

Ilhom Dustnazarovich Gʻaniyev

Mazkur maqolada sun’iy intellekt tizimlarining ishonchliligi, etik muammolari va xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Algoritmik tarafkashlik, tushuntiriladigan sun’iy intellekt (XAI), qaror qabul qilishning shaffofligi hamda adversarial tahdidlarga qarshi himoya mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, ma’lumotlar sifati, risklarni boshqarish, xalqaro etik tamoyillar va normativ-huquqiy yondashuvlarning sun’iy intellekt tizimlari ishonchliligini oshirishdagi oʻrni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari inson markazli, xavfsiz va mas’uliyatli sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda kompleks yondashuv muhim ekanligini koʻrsatadi.

Ilmiy maqolaKo'rish →
Pedagogika9-avg, 2026

СЫНИ ОЙЛАУ ТЕХНОЛОГИЯСЫНЫҢ БІЛІМ САПАСЫНА ЫҚПАЛЫ

А.С.Даулетова, Ә.Кеңесбек

Мақалада орта білім беру жүйесіндегі сыни ойлау технологиясының рөлі, оның білім сапасына және оқушылардың танымдық белсенділігіне тигізетін ықпалы ғылыми-практикалық тұрғыдан жан-жақты талданады. Зерттеу барысында дәстүрлі қайталамалы (репродуктивті) оқытудан өнімді, танымдық-сараптамалық оқытуға көшудің теориялық негіздері қарастырылған. Сыни ойлауды дамытудың «Қызығушылықты ояту – Мағынаны тану – Ой толғаныс» атты базалық үшсатылы моделі сабақ үрдісіндегі нақты дидактикалық тәсілдер арқылы дәлелденген. Сонымен қатар, мақалада сыни ойлаудың ең жоғарғы көрінісі ретінде академиялық мәтін түзу әдістері, оның ішінде дұрыс тезис тұжырымдау және дәлелді эссе жазу инновациялық құрал ретінде негізделеді. Зерттеу нәтижелері сыни ойлау технологиясын жүйелі қолдану оқушылардың оқуға деген ішкі уәжін 35-40%-ға арттырып, олардың өзіндік талдау жасау дағдыларын айтарлықтай жақсартатынын көрсетеді.

Ilmiy maqolaKo'rish →